MHTI tahlili natijalariga ko‘ra, noyabr oyida ham ikkilamchi avtomobil bozorida o‘rtacha narxlar pasayishda davom etdi. Jumladan, kam foydalanilgan Onix`ning o‘rtacha narxi 5,4 foizga pasaydi. Mahalliy lyuks avtomobillar va elektromobillar narxlarida esa sezilarli o‘zgarish kuzatilmadi.
Oktabrda ikkilamchi bozorda Chevrolet Lacetti, Damas va Labo avtomobillarining narxi pasayishda davom etdi, deyiladi MHTI sharhida. Spark`ning o‘rtacha narxi biroz oshdi, Cobalt va Nexia`niki esa deyarli o‘zgarmadi. O‘rtacha va ko‘p masofa bosib o‘tgan Equinox va BYD Han narxlari mos ravishda keskin pasaydi.
Aprel oyida Toshkentda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari martga nisbatan o‘rtacha 0,9 foizga, to‘liq ta’mirlangan xonadonlar uchun esa o‘rtacha 1,12 foizga pasaydi. O‘rtacha ta’mirlangan uy-joy uchun nisbatan arzon ijara narxlari Sergeli va Olmazor tumanlarida bo‘lib turibdi.
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutiga ko‘ra, Toshkent shahrida ijara narxlari pasayishda davom etmoqda. Mart oyida o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar ijara narxida fevralga nisbatan 0,61 foiz, to‘liq ta’mirlangan uy-joylar ijara narxida esa 0,76 foiz tushish kuzatildi.
MHTI ekspertlariga ko‘ra, 2022−2023-yillarda jahon bozoridagi neft narxi O‘zbekistondagi benzin narxlariga 1 oylik kechikish (lag) bilan ta’sir qildi. Shuningdek, talab yuqori bo‘lgan Ai-80 va Ai-92 markali benzinlarning ulgurji narxlari jahon bozoridagi neft narxiga sezuvchan ekani aniqlandi.
Toshkent shahrida “pufak indeksi” uy-joy narxlari pufak xavfi chegarasiga yaqinlashib borayotganini ko‘rsatmoqda, deyiladi MHTI hisobotida. Poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan 2 xonali kvartira sotib olish uchun kerak bo‘ladigan vaqt 10 yilgacha yetgan (o‘rtacha ish haqiga nisbatan).
MHTI ekspertlarining uy-joy narxlari bo‘yicha o‘tkazgan tahlil natijalariga ko‘ra, har bir kvadrat metr uchun eng arzon uy Qoraqalpog‘istonda ($390,1), eng qimmati esa Toshkent shahrida ($1251) qayd etildi. Bir yil ichida yangi uy narxi o‘rtacha 44 foizga, ikkilamchi bozordagi esa o‘rtacha 33 foizga qimmatlashdi.
MHTI mutaxassislari O‘zbekistonda agrodronlarni olib kirish va foydalanish uchun ruxsat olish tartibi ancha murakkabligi tufayli ulardan foydalanish keng tarqalmaganini ma’lum qildi. Ular xorij tajribasini inobatga olib, bu bo‘yicha me’yoriy-huquqiy bazani qayta ko‘rib chiqish zarurligini aytgan.
Qurilish ishlari tezlashishi oqibatida Toshkent shahrining qator tumanlarida va Buxoro shahrida yashillik darajasi 2022-yilda 2017-yilga nisbatan 33−37 foizgacha qisqardi. Xususan, ko‘rsatkich Shayxontohur tumanida 26 foizga, Yakkasaroyda 23 foizga, Olmazorda 33 foizga, Mirzo Ulug‘bekda 18 foizgacha kamaygan.
MHTI ekspertlari O‘zbekistonda suv tanqisligini qurg‘oqchil hududlarning qishloq xo‘jaligi tarmog‘iga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rgandi. 2030-yilga borib mamlakatda 7 mlrd kub metr suv tanqisligi kuzatilishi mumkin. Natijada O‘zbekiston suv tanqis bo‘lgan 33 ta davlat qatoriga tushib qolish ehtimoli bor.
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) muhim milliy qadriyatlar ro‘yxatini shakllantirishni taklif qildi. Unga, jumladan, ota-onaga ehtirom, o‘zbek tili, diniy bag‘rikenglik, so‘z erkinligi va boshqalar kiritilgan.
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti o‘rganishlariga ko‘ra, 86 foiz ota-onalar farzandlarining kasb bo‘yicha tanlovini ma’qullamoqda. Qizlar ko‘proq shifokor va o‘qituvchi kasbini tanlagan bo‘lsa, yigitlar IT mutaxassisligi, shifokor va iqtisodchi kasblarini afzal ko‘rgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting